Quvonch Medical Center
LOR operatsiyasi jarayonida jarroh

Urganchda LOR: quloq, burun, tomoq — ko'rik va operatsiya

Quvonch Medical Center · Urganch, Xonqa ko'chasi 17

  • LOR bo'limi kecha-kunduz ishlaydi
  • Sug'urta orqali bepul bo'lishi mumkin
  • Ko'rik, UZI va tahlillar bir binoda

Video

Bemorlarimiz va operatsiyalar videoda

Klinikamizda davolangan bemorlar fikri va operatsiyalardan lavhalar. Videoni bosing — shu sahifada ochiladi.

Davlat tibbiy sug'urtasi

Sug'urta orqali bepul bo'lishi mumkin

Xorazm viloyatida 2025-yil 1-oktabrdan davlat tibbiy sug'urtasi joriy etilgan. Imtiyozli toifadagi bemorlar uchun davolanish sug'urta hisobidan bepul bo'lishi mumkin. Sizga tegishli yoki yo'qligini aniqlashtirib, hujjatlarda yordam beramiz.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Tekshirib ko'ring

    Qisqa savollarga javob bering yoki qo'ng'iroq qiling — sizga tegishli bo'lishi mumkinligini aniqlashtiramiz.

  2. 2

    Oilaviy poliklinikadan yo'llanma

    Yo'llanma oilaviy poliklinikangiz shifokori orqali elektron tizimda rasmiylashtiriladi. Qanday murojaat qilishni tushuntirib beramiz.

  3. 3

    Klinikaga keling

    Yo'llanma tayyor bo'lgach, qabul kunini birga belgilaymiz. Urganch, Xonqa ko'chasi 17.

Bu dastlabki ma'lumot, kafolat emas. Bepul bo'lish-bo'lmasligi sug'urta qoidalari va oilaviy poliklinika yo'llanmasi asosida aniqlanadi.

Sug'urta haqida batafsil

Sug'urta bo'yicha bepul bo'ladimi?

4 ta qisqa savol. Javoblaringiz saqlanmaydi — faqat ariza qoldirsangiz, qisqa natija administratorga yuboriladi.

1-savol, jami 4 ta
Bemor 18 yoshga to'lmaganmi?

Qanday qabulga yozilish mumkin

  1. Ariza qoldiring

    Onlayn ariza yuboring yoki call-markazga qo'ng'iroq qiling — 24/7 onlayn yozilish.

  2. Biz qo'ng'iroq qilamiz

    Administrator siz bilan bog'lanib, qulay kun va vaqtni belgilaydi.

  3. Klinikaga keling

    Belgilangan vaqtda Urganch, Xonqa ko'chasi 17-uyga tashrif buyuring.

+998 99 465 55 55

Yo'nalish haqida

Quvonch Medical Center klinikasida quloq, burun va tomoq yo'nalishi bo'yicha tekshiruv, davolash va operatsiyalar amalga oshiriladi. Ijtimoiy sug'urta orqali LOR operatsiyalari bepul bo'lishi mumkin. Kimlar uchun amal qiladi: • 18 yoshga to'lmagan bolalar • 1- va 2-guruh nogironligi bo'lgan shaxslar • Nafaqadagi bemorlar • Ijtimoiy himoyada turgan bemorlar Hujjatlarni rasmiylashtirish va ro'yxatdan o'tishda yordam beramiz. To'liq ma'lumot uchun: (99) 465-55-55.

Nima uchun biz

Nima uchun Quvonch Medical Center?

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Javob topa olmadingizmi? Call-markazga qo'ng'iroq qiling — administratorlarimiz yordam beradi.

+998 99 465 55 55
Sug'urta orqali kimlar bepul davolanishi mumkin?

Imtiyozli toifalarga 18 yoshgacha bolalar, pensionerlar, I–II guruh nogironligi bo'lganlar, «Ijtimoiy himoya yagona reestri»dagi oilalar a'zolari, homilador ayollar va ishsiz sifatida ro'yxatda turganlar kirishi mumkin. Aniq holatingizni administratorimiz aniqlashtirib beradi.

Yo'llanmani qayerdan olaman?

Yo'llanma yashash joyingizdagi oilaviy poliklinika shifokori orqali elektron tizimda rasmiylashtiriladi. Qanday murojaat qilishni va qaysi hujjatlar kerakligini oldindan tushuntirib beramiz.

Qanday qilib qabulga yozilsam bo'ladi?

«Qabulga yozilish» tugmasini bosib, ism va telefon raqamingizni qoldiring yoki call-markazga qo'ng'iroq qiling. Administrator siz bilan bog'lanib, qulay kun va vaqtni belgilaydi.

Tahlil va UZI ni shu yerning o'zida qildirsa bo'ladimi?

Ha. Klinikamizda o'z laboratoriyamiz (40 xil tahlil) va UZI bo'limi bor — shifokor ko'rigidan keyin tekshiruvlarni shu binoning o'zida o'tasiz.

Narxlarni qanday bilsam bo'ladi?

Xizmat narxini call-markazga qo'ng'iroq qilib yoki ariza qoldirganingizda administratordan aniqlashtirishingiz mumkin.

Klinika qayerda joylashgan?

Urganch shahri, Xonqa ko'chasi, 17-uy.

Qabulga yozilish uchun bir daqiqa kifoya

Ism va raqamingizni qoldiring — administrator qo'ng'iroq qilib, qulay vaqtni belgilaydi.

+998

Ma'lumotlaringiz faqat qabulga yozish uchun ishlatiladi.